TIGGO 2 PRO

"FourFourTwo" portali dunyoning eng yaxshi futbol murabbiylari reytingini tuzib chiqdi. Unda birinchi o‘rinni "Manchester Siti"ning amaldagi ustozi Pep Gvardiola egalladi. O‘tgan mavsumda ispaniyalik mutaxassis "shaharliklar" bilan trebl qayd etgan edi.

Ikkinchi pog‘onani “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp band etgan bo‘lsa, kuchli uchlikni “Real” boshqaruvchisi Karlo Anchelotti yakunlagan.

Kuchli o‘ntalikka, quyidagi mutaxassislar kirdi: Mikel Arteta (“Arsenal”), Tomas Tuxel (“Bavariya”), Eddi Xou (“Nyukasl”), Xavi Ernandes (“Barselona”), Roberto de Zerbi (“Brayton”), Unai Emeri (“Aston Villa”) va Diego Simeone ("Atletiko").

Portugaliyalik Joze Mourino 15-o‘rinni egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!