Ayni paytda UFC ning eng yaxshi uchta jangchisi kim? Merab Dvalishvili javob berdi

  • 2 iyul, 15:14
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

O‘ta engil vazn toifasida UFC chempioni Merab Dvalishvili ayni paytda  UFC ning eng yahshi uchta jangchisi kim ekanini aytdi.

Tecno

"Hozirda Iliya Topuriya birinchi raqamda. U uchta chempionlik jangida g‘alaba qozondi va ikkita kamarni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi raqam - Islom Maxachev. O‘ylashimcha, u yarim o‘rta vaznda ham natija ko‘rsata oladi. Uchinchi raqam - Aleksandr Pantoja. Uning divizionida braziliyalikka teng keladigani yo‘q" - dedi gruziyalik Ariel Xelvanining podkastida.

Ma’lumot uchun, Iliya Topuriya "UFC 317" turnirida Charlz Oliveyrani mag‘lub etib, engil vazndagi vakant kamarni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!