"Ayntraxt" sport direktori: Agar "Real" Yovichni sotib olishni xohlasa, biz bunga qarshilik qila olmaymiz

  • 24 aprel, 2019, 19:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frankfurtning “Ayntraxt” klubi sport direktori Fredi Bobich jamoa hujumchisi Luka Yovichning “Real”ga ko‘chib o‘tishi borasida tarqalgan xabarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Yovichda “Real”ga ko‘chib o‘tish uchun haqiqiy imkon bor. Uning jamoamizda qolishiga umid qilaman. Biroq, men haqiqatga tik qaraydigan odamman. Shu bois aytishim mumkinki, agar “Real” singari grand klub uni sotib olishni xohlasa, bizda uni saqlab qolish imkoni bo‘lmaydi”, - deydi Bobich.

Ma’lumot uchun, 21 yoshli serbiyalik futbolchi joriy mavsum Bundesligada jami 28ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 17ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Real” Yovich uchun 70 mln evro sarflashga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!