Ayol hakamlarimiz namunali hakamlik uchun CAFA tomonidan taqdirlandi

  • 20 oktabr, 2023, 18:20
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, joriy yilning oktyabr oyida Tojikistonning Dushanbe shahrida “CAFA U-14 Girls’ Championship-2023” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik 2 nafar ayol hakam ishtirok etishi ko‘zda tutilgan edi.

Tecno

Hakamlarimiz Gulshoda Saitqulova hamda Nasibabonu Toshmuhammedova bu musobaqa doirasida Eron – Qirg‘iziston, Tojikiston – Qirg‘iziston hamda Tojikiston – Eron bahslarida ishlashdi. Turnir yakunida ular namunali hakamlik uchun CAFA tomonidan maxsus esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!