Ayollar terma jamoamiz jahon chempionatida ishtirok etmoqda!
18–23 noyabr kunlari Ispaniyaning Linares shahrida o‘tayotgan World Women’s Team Championship 2025 turnirida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ilk bor ishtirok etmoqda.
Dastlabki 4 ta tur bahslari o‘tkazildi:
• 1-tur: Gruziya – O‘zbekiston 3,5 : 0,5
• 2-tur: O‘zbekiston – Xitoy 1,5 : 2,5
• 3-tur: Frantsiya – O‘zbekiston 1 : 3
• 4-tur: Ukraina – O‘zbekiston 1 : 3
Eng muhimi – guruhdan faqat TOP-4 jamoa chorak finalga chiqadi. Bizni oldinda Hindistonga qarshi hal qiluvchi bahs kutib turibdi.
Fikrlar