Aytjan Xalmaxanov "Zagreb Open" turnirida chempion bo‘ldi
Shu kunlarda Xorvatiya poytaxtida yunon-rum kurashi bo‘yicha "Zagreb Open" xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Unda qatnashayotgan O‘zbekiston terma jamoasi musobaqaning birinchi kunida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Ushbu medalni iqtidorli polvonimiz Aytjan Xalmahanov keltirdi.
-67 kg vazn toifasida kurashgan polvonimiz barcha raqiblarini mag‘lub etib, “klassik” kurashchilarimizning joriy yildagi ilk medaliga mualliflik qildi.
Fikrlar