Azar hech kim kutmagan jamoaga o‘tishni o‘ylamoqda
“Real” yozgi transferlar vaqtida bir necha futbolchilar qatorida Eden Azarni ham sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Belgiyalik hujumkor futbolchi o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmaydi va asosiy vaqtini jarohatlardan davolanishga sarflab yubordi.
Oldinroq, “Chelsi” Azarni ortga qaytarishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqatilgan edi. Endi A Seriya varianti paydo bo‘ldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Joze Mourino boshqaruviga o‘tadigan “Roma” yozda Azarni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Rimliklar belgiyalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni istayapti.
Hozircha, Azar bu borada bir qarorga kelgani yo‘q. U takliflarni o‘rganib chiqmoqda. Azar joriy mavsumda 14 ta uchrashuvda qatnashib, ikkita gol urdi xolos.
Fikrlar