Azar MLSning qaysi klublari taklifini rad etgani ma’lum bo‘ldi

  • 24 may, 2023, 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eden Azar "Real"da muvaffaqiyatsizlikka uchradi, garchi belgiyalik hujumchining o‘zi bunday deb o‘ylamasa-da. Ustiga-ustak u hali ham Madrid klubida qolish niyatida.

Azar Saudiya Arabistoni klublari, shuningdek, MLSning ikki klubi taklifini rad etdi. Bular Kanadaning "Monreal Impekt" klublari hamda "Vankuver Uaytkeps" jamoalaridir. Bu haqda ITASportPress axborot agentligi ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Azar 2019 yildan beri "Real"da to‘p suradi, bungacha u Londonning "Chelsi"sida 7 yil o‘ynagan. U uningdek, 2011 yil Frantsiyaning "Lill" klubida Frantsiya chempioni bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!