Azar "Real" bilan kelishuvga erishgani haqidagi xabarlarni inkor etdi

  • 24.03.2019 10:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Eden Azar o‘zining “Real” bilan kelishuvga erishgani haqidagi xabarlarni yana bir bor inkor etdi.

“Bu yolg‘on. Bu borada hech qanday gap yo‘q. Mening bor e’tiborim oldinda kutib turgan Kiprga qarshi o‘yinga qaratilgan. Bu ayni damda men o‘ylayotgan yagona narsa”, - deydi belgiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq bir qator xorijiy nashrlar Azarning yozda “qirollik klubi”ga ko‘chib o‘tishi va ular bilan 5 yillik shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqatgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!