Azar "Real"ga qachon o‘tishi ma’lum bo‘ldi

  • 3 may, 2019, 16:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi "Chelsi" vingeri Eden Azar bilan imkon qadar tezroq shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qirollik klubi” 28 yoshli belgiyalik futbolchining transferi masalasini tezroq hal qilib, bu haqda tezroq e’lon qilishni xohlamoqda. Aniqrog‘i, Azar 19 may kuni, ya’ni Ispaniya chempionati yakunlanishi bilanoq “Real”ga ko‘chib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

O‘z navbatida “aristokratlar” esa Azar uchun madridliklardan 140 mln evro talab qilishmoqda. Boisi, futbolchining londonliklar bilan 2020 yilga qadar shartnomasi mavjud.

Ma’lumot uchun, Azar joriy mavsum “Chelsi” safida 46ta o‘yinda maydonga tushdi va 19ta gol hamda 13ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!