Azar "Real"ning mag‘lubiyatidan xursand bo‘ldimi? (FOTO)
"Real" Madrid vingeri Eden Azar "Chelsi"ga qarshi bo‘lib o‘tgan EChL yarim final javob bahsidan so‘ng, mojaroli vaziyat qahramoniga aylanib qoldi.
Shu kuni “Qirollik klubi” Londonda 2:0 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqadan chiqib ketdi. Jamoasining muvaffaqiyatsizligiga qaramay, Azar juda yaxshi kayfiyatda edi. Belgiyalik futbolchi o‘yindan so‘ng "aristokratlar" futbolchilari – Eduar Mendi va Kurt Zumani quchoqladi, ular bir-birlari bilan faol muloqot qilib, kulishdi.

Ma’lumot uchun, 30 yoshli Azar 2012-2019 yillarda “Chelsi” sharafini himoya qilgan. “Real” uni 2019 yilning yozida 100 mln evroga sotib olgan.
Eden Azar joriy mavsum madridliklar safida 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar