
Azim Ahmedov: "Navbahor"ni hech qachon unutmayman"
“Navbahor” klubining bir necha yillik sardori va etakchisi hisoblangan Azimjon Ahmedov o‘zi uchun qadrdon bo‘lgan jamoani tark etdi. Bu xususida u o‘zining instragramdagi sahifasida quyidagicha yozib qoldirdi:
“Assalomu alaykum. “Navbahor” muxlislari va Namangan ahli, men sizlarni ko‘z oldingizda o‘ynaganimdan xursandman. Hamma-hammaga katta rahmat. Xudo xohlasa, yaxshi o‘rinlarni egallab yuringlar, “Navbahor”ni hech qachon unutmayman, ayniqsa, muxlislarini. Men sizlarni juda ham hurmat qilaman, sog‘ bo‘linglar!”
Ahmedov yakuniga etgan chempionatda 20 ta uchrashuvda maydonga tushib 2 ta gol urdi. U faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi tez orada oydinlashib qolsa ajab emas.
P.S. Tez orada Sports.uz saytida Azim Ahmedov bilan uyushtirilgan suhbatni o‘qishingiz mumkin.
Fikrlar