
Azim Ahmedov: "Neymarga qarshi o‘ynash bizga motivatsiya beradi"
"Navbahor" OChL guruh bosqichining birinchi turida "Al-Hilol" mehmoni bo‘ladi. Mazkur o‘yin oldidan Azim Ahmedov uchrashuv haqida gapirdi.
"Al-Hilol" kuchli jamoa va biz bu to‘qnashuvga tayyormiz. Neymarga qarshi o‘ynash bizga ishtiyoq va motivatsiya beradi", - dedi yarim himoyachi.
Eslatib o‘tamiz, namanganliklar ustozi Samvel Babayan uchrashuvdan oldin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgandi. Shuningdek, riyodliklar bosh murabbiyi Xorxe Jezus ham matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Fikrlar