Aziz Amonov "Istiqlol"ni tark etdi va katta ehtimol O‘zbekiston chempionatiga qaytadi

  • 06.02.2023 18:22
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Yaqinda legionerimiz Aziz Amonovni Eronning “Istiqlol” klubini tark etayotgani to‘g‘risida Sports.uz sayti orqali xabar bergandik.

Olgan so‘nggi ma’lumotga qaraganda, Amonov “Istiqlol”ni to‘liq tark etdi. Ayni paytda futbolchining xizmatiga jiddiy takliflar tushmoqda. Aniqrog‘i, Antaliyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib borayotgan jamoalar orasida Azizning xizmatiga jiddiy qiziqish bildirayotganlari bor.

Aytish mumkinki, Amonov yangi mavsumni katta ehtimol bilan O‘zbekiston chempionatida boshlaydi. Futbolchi tez orada bir qarorga keladi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!