Aziza Yakubova: "Katta qiyinchilikka duch kelmadim"

  • 06.11.2020 22:40
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Aziza Yakubova -54 kg vazn toifasida mamlakat chempioni

-54 kg vazn toifasida mamlakat chempioni Aziza Yakubova jangdan keyingi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:

"Raqibim Mahliyo o‘ziga ishongan kuchli bokschilardan biri. Menimcha, biz teng kuchli sportchilarmiz. O‘zimning xatolarim ustida ko‘p ishlab, murabbiylarim tavsiyalariga quloq solganim uchun, bu jangda katta qiyinchilikka duch kelmadim va O‘zbekiston chempioniga aylandim. Barcha raqibalarimga omad tilayman. Yurtimiz bayrog‘ini jahon arenalarida yuqori nuqtalarga ko‘tarishlarini tilab qolaman".

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!