Azizbek Abdulxabibov Jahon kubogida shohsupaga ko‘tarildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniyaning Brandenburg shahrida para kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi o‘tkazildi.

Dunyoning 20 ta davlatidan 100 nafar sportchilar ishtirok etgan mazkur nufuzli turnirda hamyurtimiz Azizbek Abdulxabibov hisobimizga bronza medalini taqdim etdi.

Sportchimiz KL2 yo‘nalishida 200 m masofaga kechgan bellashuvlarda marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi.

Para kanoeda eshkak eshish, Jahon kubogi
KL2-200 m
Körtis MakGreyt (Avstraliya) - 00:44.98
Fernando Rufino de Paulo (Braziliya) - 00:45.35
Azizbek Abdulxabibov (O‘zbekiston) - 00:45.55.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!