Azizbek Turg‘unboev: Kelasi mavsumda OChLda o‘ynashni xohlaymiz

  • 2 iyul, 2020, 16:30
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Navbahor" jamoasi yarim himoyachisi Azizbek Turg‘unboev Coca Cola Superliga 7-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona”ga qarshi bahs oldidan klub matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

- Garchi pandemiya davrida Superliga bahslari muxlislarsiz o‘tkazilayotgan bo‘lsa-da, o‘yinlar ancha shiddatli va qiziqarli tarzda kechmoqda. Bunga restartdan keyingi o‘yinlar natijasi yaqqol misol bo‘la oladi.

Superligamizda ochko yo‘qotmagan jamoaning qolmaganligi, har bir turda kutilmagan natijalarning qayd etilishi o‘yinlarning keskin kurashlar ostida o‘tayotganligidan dalolat berib turibdi.

Jamoamiz ham restartdan keyingi bahslarda ijobiy natijalarni qayd etmoqda. Qarshida “Nasaf” bilan durangga erishdik (2:2), o‘z maydonimizda “Buxoro” (2:0) hamda safarda “Metallurg” (3:1) klublarini mag‘lubiyatga uchratdik. So‘nggi 2ta o‘yinda 3ta gol urdik. “So‘g‘diyona”ga qarshi bellashuvda ham jamoamizning g‘alabali seriyasini davom ettirib, gol urishda davom etib, ishqibozlarga quvonch ulashish niyatidamiz. Garchi o‘zimiz uchun qadrdon stadionda muxlislarsiz to‘p surishga majbur bo‘lsak-da, ularning daldasini his qilib o‘ynaymiz. Teleekran ortida ko‘p minglab muxlislar bizni olqishlab turishadi, degan umiddaman.

Kelasi mavsumda OChLda o‘ynashni xohlaymiz. Shu bois, har bir o‘yinda maydonga g‘alaba ishtiyoqida tushamiz, - dedi Turg‘unboev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Jasurbek Dadajonov
02/07/2020 17:41
Xudo xolasa chiqasila bu jamoa Ochl ga chiqishga haqli... Olga Navbahor Olga Lochinlar