BAA chempionati. "Bani Yas" ishonchli hisobda zafar quchdi. Shukurovdan assist, Mozgovoy esa zahiradan maydonga tushdi

  • 29.12.2025 23:04
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

BAA chempionatining 10-turida "Bani Yas" "Al-Dafra" bilan kuch sinashib, 2:0 hisobida yengdi. 
 
Uchrashuvning 21-daqiqasida Bamba hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 57-daqiqada esa Godvin oradagi farqni 2 taga yetkazib qo‘ydi. Ushbu golga O‘zbekiston milliy terma jamoamiz a’zosi va yetakchisi hisoblangan Otabek Shukurov assistentlik qildi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, Akmal Mozgovoy ushbu bahsni zahirada boshlagan bo‘lsa ham 68-daqiqada maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!