BAA futbolchisi Holid Eysa bo‘lajak uchrashuv haqida gapirdi

  • 04.06.2025 18:55
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoamiz 5 iyun kuni Birlashgan Arab Amirlikalri bilan kuch sinashadi. ushbu bellashuvdan avval matbuot anjumanida Holid Eysa ishtirok etib, bo‘lajak o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Menimcha, o‘yin ikki jamoa uchun ham oson bo‘lmaydi. Biz oson bahs kutmayapmiz. Biz futbolchilarga va murabbiyimizga ishonamiz va ertangi bahsda muvaffaqiyat qozonishga harakat qilamiz.

Biz Jahon chempionatiga chiqishimizga ishonamiz, federatsiya, futbolchilar, umuman hamma. Muxlislar bizni qo‘llab-quvvatlashini kutyapmiz. Ertangi bellashuvda buning uchun nima qilish kerak bo‘lsa, hammasini qilamiz" - deya ta’rif berib o‘tdi 35 yoshli posbon. 
 
Eslatib o‘tamiz, ertangi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!