Badavlat klub “Barsa” yulduzidan yuz oʻgirib, Saloҳni tanladi
Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi joriy yozda shov-shuvli transferni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Diario SPORT nashri ma'lumotiga ko‘ra, «Barselona» vingeri Rafinya Dias Saudiya chempionatiga ko‘chib o‘tishga yaqin kelgan edi. Biroq endi «Al-Hilol» e'tiborini «Liverpul»ni tark etgan yulduz Muhammad Salohga qaratgan.
Xabarlarga qaraganda, aynan misrlik hujumchi hozir Saudiya klubining transfer bozoridagi asosiy maqsadi hisoblanadi.
2025/26 yilgi mavsumda Saloh barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda qatnashib, 12 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma berdi.
Muhammad Saloh Mersisayd klubidagi to‘qqiz yillik faoliyatidan keyin jamoani erkin agent sifatida tark etishi kelishilgan.

Fikrlar