Badavlat klub uch nafar yulduzini sotishga majbur

  • 17.06.2026 08:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

The Chronicle nashri ma'lumotiga ko‘ra, badavlat klublardan hisoblangan “Nyukasl” moliyaviy holatni muvozanatlashtirish va APLning yangi SCR qoidalariga mos kelish uchun uch nafar muhim futbolchisini sotishi mumkin.

Gap himoyachilar Lyuis Xoll va Tino Livramento hamda yarim himoyachi Sandro Tonali haqida ketmoqda.

Manbaga ko‘ra, futbolchilarning hech biri klubni tark etish istagini bildirmagan. Biroq rahbariyat moliyaviy sabablarga ko‘ra ularning transferiga ruxsat berishga tayyor.

“Nyukasl” o‘tgan mavsum APLda 38 turdan keyin 49 ochko to‘plab, 12-o‘rinni egallagan va yangi mavsumda evrokuboklarda ishtirok etmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!