Badiiy gimnastika. Jahon chempionatiga boradigan tarkibimiz ma’lum

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

20-24 avgust kunlari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada qatnashadigan O‘zbekiston terma jamoasi Braziliyaga etib bordi. Mamlakat gimnastika federatsiyasining ma’lum qilishicha, bo‘lajak dunyo birinchiligida sportchilarimiz quyidagi tarkibda ishtirok etishadi:

Yakkalik mashqi:
Anastasiya Saranseva
Taxmina Ikromova

Guruh mashqi:
Mumtozabonu Is’hoqzoda
Irodaxon Sodiqova
Amaliya Mamedova
Adelya Fayzulina
Evelina Atalyans
Maftuna Zoirova

Bu haqda MOQ xabar berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!