Bahodir Jalolov, Hasanboy Do‘smatov, Abdumalik Halokov... O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan tarkibi ma’lum

  • 10 sentabr, 2023, 17:53
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, 23 sentyabr - 8 oktyabr kunlari Xitoyning Hanchjou shahrida XIX Osiyo o‘yinlari o‘tkaziladi.

Musobaqa dasturidan boks bo‘yicha bellashuvlar ham o‘rin olgan. Mazkur o‘yinlar Parij Olimpiadasiga litsenziya berishi bilan ahamiyatli hisoblanadi.

O‘zbekiston boks federatsiyasida rahbariyat, terma jamoalar bosh murabbiylari va murabbiylar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda Hanchjoudagi musobaqada qatnashadigan bokschilarimiz nomi ma’lum qilindi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, boks bo‘yicha terma jamoamiz Osiyo o‘yinlarida quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

Erkaklar:

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov
-57 kg: Abdumalik Xalokov
-63,5 kg: Ruslan Abdullaev
-71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev
-80 kg: To‘rabek Xabibullaev
-92 kg: Lazizbek Mullojonov
+92 kg: Bahodir Jalolov

Bosh murabbiy: To‘lqin Qilichev
Katta murabbiylar: Steyners Tissert Xuan Enrike, Rahmatjon Ro‘zioxunov
Murabbiylar: Li Echeveriya Xulio, Farrux Qilichev, Morales Montero Xesus Alberto, Akmal Hasanov, Davron Gafurov, Ziyatdinbek Toygonboev, Ergali Yarashov.

Shifokor: Komiljon Rasulov.


Ayollar:

-50 kg: Sabina Boboqulova
-54 kg: Nigina O‘ktamova
-57 kg: Sitora Turdibekova
-60 kg: Rayhona Qodirova
-66 kg: Navbahor Hamidova
-75 kg: Aziza Zokirova

Bosh murabbiy: Elshod Rasulov
Murabbiylar: Timur Axbaev, Anna Sidorova, Islom Tojiboev.

Menejer: Zohidxo‘ja Adhamxo‘jaev

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!