Asosiy mazmunga oʻtish

Bahodir Jalolov jangi bekor qilindi!

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 2

Bokschimizning o‘zi bunga oydinlik kiritdi.

Xabaringiz bor, 14 aprel kuni  Toshkentda IBA chempionlar oqshomi bo‘lib o‘tadi. Markaziy jangda chempionlik uchun Hasanboy Do‘smatov ispaniyalik Samuel Karmonaga qarshi ringga ko‘tariladi. Shuningdek, Bahodir Jalolovning Xorvatiya vakili Agron Smakichi bilan jangi ham o‘rin olgandi. Biroq, Jalolov ishtirokidagi jang bekor qilingan. Bunga bokschimizning o‘zi oydinlik kiritdi. 

  "Assalomu alaykum! Barchangizga Ramazon Hayiti muborak bo‘lsin. Sizlarga 14 aprel kungi jangim bekor bo‘lganini xabar qilmoqchiman. Hammasi Allohdan, buyog‘iga asosiy e’tibor oldinda turgan Parij olimpiya o‘yinlariga qaratiladi. InshaAllah biz buni uddalaymiz. Meni xar qanday holatda ham qo‘llab-quvvatlab turgan barchangizga kattakon rahmat."

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q