Bahodir Jalolov mezbonlar vakilini taslim etdi!

  • 18.10.2026 00:48
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, ayni paytda London shahrida professional boks oqshomida bo‘lib o‘tmoqda.

E’tiborli­si, hozirgina taniqli charm qo‘lqop ustamiz Bahodir Jalolov va mezbonlar vakili Solomon Dakres jangi o‘z nihoyasiga yetdi. 5 raundda raqibini nokdaun holatiga solib qo‘ygan hamyurtimiz yakunda hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi.

Shu tariqa Jalolovning rekordi 18-0 ko‘rinish oldi. G‘alabalarining 15 tasi esa nokaut bilan qo‘lga kiritilgan. 

Eslatib o‘tamiz, kechaning markaziy to‘qnashuvida Daniel Dyubua hamda Fabio Uordli og‘ir vaznda WBO kamari uchun bellashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!