Bahodir Jalolov nomidagi boks maktabi sportchilari Osiyo chempionatida 13 ta medalga ega chiqdi
Xabaringiz bor, Toshkent shahrida o‘tkazilgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida kichik o‘smirlar o‘rtasidagi bahslar yakuniga yetdi. Musobaqada O‘zbekiston U-15 terma jamoasi 13 ta oltin, 8 ta kumush va 6 ta bronza, jami 27 ta medal bilan umumjamoa hisobida Osiyoda tengsiz ekanini namoyish etdi.
Hamyurtlarimiz safida yurtimiz sharafini himoya qilgan Bahodir Jalolov nomidagi boksgа ixtisoslashtirilgan sport maktabi vakillari 13 ta medalni qo‘lga kiritdi:
5 ta oltin medal
6 ta kumush medal
2 ta bronza medal
Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar bermoqda.

Fikrlar