Bahodir Jalolov noyabr oyida ringga ko‘tariladi
Professional boksda faoliyatini davom ettirayotgan Bahodir Jalolovning navbatdagi jang sanasi e’lon qilindi. 14 noyabr kuni Toshkentdagi “Humo Arena” majmuasida "Lift Promotions" tomonidan tashkil etiladigan xalqaro professional boks kechasida Bahodir Jalolov ringga ko‘tariladi. Bu haqda liganing rasmiy Instagram sahifasida xabar berildi.
Hozircha Jalolovning raqibi ma’lum emas. Shuningdek, ushbu boks oqshomida Shahram G‘iyosov, Lazizbek Mullajonov, A’loxon Abdullaev, Ozodbek Aliev, Suhrob Qayumov va yana bir nechta o‘zbekistonlik bokschilar ham ringga chiqishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, ikki karra Olimpiya chempioni Bahodir Jalolov so‘nggi jangini 6 oktyabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan “IBA Pro 10” turnirida mahalliy bokschi Vitaliy Kuduxovga qarshi o‘tkazib, hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan edi.



Fikrlar