Bahodir Jalolov raqibidan besh kilogramm og‘irroq chiqdi

  • 17.10.2026 07:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekistonlik superto‘liq vazn toifasidagi bokser Bahodir Jalolov (17-0, 15 KO) va britaniyalik Solomon Dakres (10-1, 3 KO) jang oldidan majburiy tarozidan o‘tish marosimini o‘tkazishdi.

Tarozida Bahodir Jalolov 255,12 funt, ya’ni 115,72 kilogramm vazn ko‘rsatdi. Uning raqibi Solomon Dakres esa 242,9 funt (110,18 kilogramm) og‘irlikda ekani qayd etildi. 

Bahodir Jalolov va Solomon Dakres o‘rtasidagi jang 17 oktyabr kuni London shahrida bo‘lib o‘tadi. Jalolov so‘nggi marta may oyida ringga ko‘tarilgan edi — o‘sha bahsda u xorvatiyalik Agron Smakičini (21-4, 19 KO) yettinchi raundda texnik nokaut bilan mag‘lub etgan.

Solomon Dakres esa oxirgi bor 2025 yil iyul oyida jang qilgan. O‘sha uchrashuvda u ukrinalik Vladislav Sirenko (23-1, 20 KO) ustidan hakamlarning bir ovozdan chiqarilgan qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!