Bahodir Jalolov Ukraina vakilidan ustun keldi!

  • 05.04.2025 21:20
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, ayni paytda Qozog‘istonning Olma-ota shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tmoqda.

E’tiborlisi, unda ishtirok etayotgan bokschimiz Bahodir Jalolovning jangi yakunlandi.

To‘liq 10 raund davom etgan bahsda hamyurtimiz Ukraina vakili Igor Shevadzutskiy ustidan hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi.

Mazkur g‘alaba Jalolovning professional faoliyatidagi o‘n beshinchisi bo‘ldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!