Bahodir Jalolovning vaznida chempionlik jangi belgilandi
Hali 22 yoshga ham to‘lmagan Mozes Itauma kutganidan ham ertaroq jahon chempionligi uchun imkoniyatga ega bo‘ldi.
Yosh bo‘lishiga qaramay, Itauma tez sur’atda rivojlanayotgan iste’dod sifatida tilga olinayotgandi. U bir necha bor yuqori darajadagi raqiblar bilan jang uyushtirish imkonini topa olmayotganidan norozilik bildirgan. Endi esa vaziyat keskin o‘zgaridi: Mozes (14–0, 12 KO) 29 avgust kuni Filip Hrgovichga qarshi og‘ir vaznda vakant qolgan IBF unvoni uchun ringga ko‘tariladi.
“Queensberry” promouterlik kompaniyasi rahbari Frenk Uorrenning ma’lum qilishicha, majburiy da’vog‘ar sifatida turgan Frenk Sanchesga chetga chiqish uchun tovon puli to‘langan va unga Itauma – Hrgovich jangidan g‘olib chiqqan bokschiga qarshi belashuv va’da qilingan.
Hozircha mag‘lubiyatsiz odimlayotgan Itauma ko‘p gapiradigan bokschilardan emas, ammo agar ushbu imkoniyatdan unumli foydalansa, boks tarixidagi eng yosh chempionlardan biriga aylanishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov og‘ir vazn toifasining IBF reytingida 6 o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar