Bahodir Jalolovning vaznida yangi chempion aniqlandi!

  • 30.08.2026 03:45
  • Javohir Malikov
  • 1
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning London shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.

Kechaning markaziy to‘qnashuvida hali 22 yoshga ham to‘lmagan Mozes Itauma og‘ir vaznda IBF chempionligi uchun xorvatiyalik Filip Hrgovichga qarshi ringga ko‘tarildi. 

9 raund davomida angliya vakili katta ustunlik bilan harakat qildi, hatto 2 raundda Hrgovichni nokdaun holatiga solishni ham uddaladi. Biroq to‘qqizinchi raundda barchasi butunlay o‘zgarib ketdi. 

Filip tomonidan yo‘llangan og‘ir zarbalar ketma-ketligigidan so‘ng, Mozes muvozanatini yo‘qotdi va ring burchagiga suyanib yiqildi. Hakam esa shu zahoti jangni to‘xtatdi.

Shu tariqa Hrgovich IBF chempionligini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov IBF ning og‘ir vazn toifasi reytingida 6 o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
30/08/2026 08:14
Бохо, рекламада чикмасдан рингга чика кол!
чемпион булишинг керак, рекламачи эмас