Bahrayn-2025. Ertaga 8 nafar hamyurtimiz oltin medal uchun ringga ko‘tariladi!

  • 29.10.2025 18:18
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Bahrayn davlatining Manama shahrida o‘smirlar o‘rtasidagi III yoshlar Osiyo o‘yinlari kompleks musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Ertaga boks bo‘yicha final janglari bo‘lib o‘tadi. Ushbu bosqichga 8 nafar charm qo‘lqop ustamiz etib kelgan. 

-46 kg: Abdug‘ani Yorqinjonov - Arman Mirsabit (Qozog‘iston);

-54 kg: Qumriniso Muhammadova - Chandrika Pujari (Hindiston);

-60 kg: Rushanabonu Isoeva - Miki Miura (Yaponiya);

-60 kg: Ibrohim Shokirjonov - Zubair Akramov (Qirg‘iziston);

-66 kg: Saidxo‘ja Sadillaxo‘jaev - Daniyal Shalkarbay (Qozog‘iston);

-75 kg: Samira Turg‘unova - Kamila Ospanova (Qozog‘iston);

-75 kg: Diyorbek Murodilloev - Deyman Sherafatmand (Eron);

+80 kg: Asadbek Sultonboev - Muhamedali Rustembek (Qozog‘iston);

Janglardagi vaqtlar taqdirlash marosimiga qarab o‘zgarib borishi mumkin.

Birinchi dastur bahslari bizning vaqt bilan 14:00 dan boshlab start oladi, ikkinchi dastur bo‘lsa, 17:00 ga to‘g‘ri keladi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!