Bahrayn-2025. Og‘ir atletikada yana bir medalni qo‘lga kiritdik
Ahmadbek Eshmatov
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Manama shahrida o‘smirlar o‘rtasidagi III yoshlar Osiyo o‘yinlari kompleks musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Bahrayn davlatining Manama shahrida o‘smirlar o‘rtasidagi III yoshlar Osiyo o‘yinlari kompleks musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
Unda yana bir og‘ir atletikachimiz sovrindorlar qatoridan joy oldi. Yigitlar o‘rtasida -71 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Hayotbek Ermatov dast ko‘tarish mashqida 131 kg bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Izohlar (0)