Bakayoko, David Luis va Barkli ertangi uchrashuvda "Chelsi"ga yordam bera olmaydi

  • 15 fevral, 2018, 20:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Antonio Konte ertaga bo‘lib o‘tadigan Angliya liga kubogining 5-raundida “Xall Siti”ga qarshi bahsda kadrlar masalasida jiddiy muammoga duch keladigan bo‘ldi.

Tecno

Italiyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra jarohati sabab Temua Bakayoko, David Luis va Ross Barkli kabi futbolchilar ushbu uchrashuvda “aristokratlar”ga yordam bera olishmaydi. Bundan tashqari yana bir necha futbolchining maydonga tushishi ham so‘roq ostida qolmoqda.

Ma’lumot uchun, “Chelsi” – “Xall Siti” uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!