
Baku "Grand Slam" turniriga qur’a tashlandi
Ertaga Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi nufuzli turnir start oladi.
Musobaqada 4 qit’aning 36 davlatidan jami 258 (166 erkak, 92 ayol) nafar dzyudochi ishtirok etadi. Ular orasida O‘zbekiston terma jamoasining 21 nafar dzyudochisi ham medallar hamda jahon reytingi uchun taqdim etiladigan ballar uchun tatamiga chiqadi. Biroz avval turnirga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Terma jamoamiz dzyudochilari uchun qur’a natijalari:
-60 kg: Murodil Murodillaev - Islam Sultigov (IJF)
-60 kg: Anvarjon Ibrohimov - Ahmad Yusifov (Ozarbayjon)
-66 kg: Zamohshari Bekmurodov - Elshan Asadov (Ozarbayjon)
-66 kg: Azizbek Ortiqov - Kanat Seylxan (Qozog‘iston)
-73 kg: Obidxon Nomonov - Denis Vieru (Moldova)
-73 kg: Inoyat Telmanov - Manuel Parlati (Italiya)
-81 kg: Nodirbek Mavlonberdiev - Fransua Guter (Kanada)
-81 kg: Arslonbek Tojiev - Luan Almeyda (Braziliya)
-90 kg: Azizbek Avazmurodov - Yarne Dyuk (Belgiya)
-90 kg: Shahzodxo‘ja Sharipov - Artur Kaneves (Finlyandiya)
-100 kg: Rustam Shorahmatov - Estay Ermuhan (Qozog‘iston)
-100 kg: Rufat Xudakov - Muhammad-Ali Mataev (IJF)
+100 kg: Islombek Ravshanqulov - Kanta Nakano (Yaponiya)
+100 kg: Bahrom Rajabov - Saba Inaneshvili (Gruziya)
QIZLAR
-48 kg: Laziza Haydarova - Tara Babulfath (Shvetsiya)
-48 kg: Fotimaxon Tursunboeva - Hun Mio (Koreya Respublikasi)
-52 kg: So‘g‘diyona Rafkatova - Lusiana Katana (Ruminiya)
-63 kg: Marjona Nurulloeva - Seulmi Heo (Koreya Respublikasi)
-70 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva - Aoife Kulan (Avstraliya)
+78 kg: Irisxon Qurbonboeva - Helena Vukovich (Xorvatiya)
+78 kg: Mohlaroyim To‘xtamisheva - Ruri Takahashi (Yaponiya)
Fikrlar