Balotelli Angliyaga qaytishi mumkin

Hujumchi Mario Balotelli faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

30 yoshli forvardga Chempionshipning "Barnsli" klubi tomonidan qiziqish bo‘lmoqda.

Jamoa rahbariyati futbolchining vakillari bilan muzokara o‘tkazishga ham ulgurdi, ammo dastlabki muhokamalardan keyin, boshqa suhbat bo‘lmadi.

Italiyalik hujumchi yozda "Breshiya" bilan shartnomasi yakunlanganidan so‘ng, erkin agentga aylangandi.

Balotelli Angliyaning "Manchester Siti" va "Liverpul" klublarida to‘p tepgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!