
Balotelli "Yuventus"ga o‘tishi mumkin edi, ammo...
Ayni damda faoliyatini Shveytsariyaning “Son” klubida davom ettirayotgan italiyalik hujumchi Mario Balotelli o‘z vaqtida “Yuventus”ga transferi muvaffaqiyatsiz kechganini esladi.
Italiya terma jamoasi sobiq hujumchisining so‘zlariga ko‘ra, Turin grandi uni 2013 yilda o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirgan.
“Men “Manchester Siti”dan deyarli «Yuventus»ga o‘tgandim, hatto Turinda Marotta, Nedved va Konte bilan ham uchrashuv o‘tkazdim. Men esa yakunda baribir “Milan”ni tanladim. "Yuventus" men uchun doim raqib jamoa bo‘lgan, ammo ular juda kuchli", - dedi 32 yoshli futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, "Milan" 2013 yilning yanvarida "Manchester Siti"dan Mario Balotellini 20 million evroga sotib olgandi. Oradan bir yarim yil o‘tgach, hujumchi "Liverpul" bilan shartnoma imzolab, Angliyaga qaytdi.
Fikrlar