Balotelliga Evropada "non" yo‘q

  • 12.06.2020 08:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Yaqinda “Breshia” janjalkash hujumchi Mario Balotelli bilan shartnomani bekor qilgan va uni klub hududiga kiritmagan edi.

Taniqli futbol agent Furio Valkareji Balotelliga futboldan ketishi kerakligini uqtirmoqda.

- Men o‘tgan yili Marioga jamoa topib berishim mumkin edi. Endi esa u futboldan ketishi kerak, - dedi Valkareji.

Super Mario  “Breshia”gacha “Manchester Siti”, “Milan”, “Liverpul”, “Nitstsa” va “Marsel”dan ham janjal bilan ketgan. Hozir Evropada unga ish taklif qiladigan birorta klub qolmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!