Bangladesh chempionatida o‘zbekistonlik futbolchilarning soni ortmoqda yoxud rivojlanayotgan liga haqida

  • 21 mart, 2019, 19:40
  • 0
  • Futbol

Xorijda to‘p surayotgan legionerlarimiz borasidagi ma’lumot berishni boshlagan edik. Navbat, Bangladeshga etib keldi. To‘g‘ri, Osiyoda Bangladesh futboli unchalik rivojlanmaganligi aniq. Terma jamoalari ham birorta xalqaro musobaqalarning hal qiluvchi bosqichiga chiqa olmaganligi tabiiy. Biroq yildan-yilga Bangladesh chempionati rivojlanmoqda. Buni quyida to‘p surayotgan to‘rtta hamyurtimiz misolida ko‘rish mumkin.

Kimlar tashrif buyurdi?

Alisher Azizov ("Sheyk Russel"), Iqbol Boboxonov ("Arambax"), Otabek Valijonov (BJMS), Furqat Hasanboev (BJMS)

Bangladesh futbolida ilgari bir nechta hamyurtlarimiz to‘p surgan. Azamat Abduraimov ham faoliyatini o‘sha erda davom to‘p surgan. O‘tgan yilda Axror Umarjonov mamlakatning "Saif Sporting" klubida o‘ynagandi. Bu yil esa Alisher Azizov, Otabek Valijonov, Iqbol Boboxonov va Furqat Hasanboevlar "Bangladesh futbolida faoliyat ko‘rsatishmoqda. Azizov oxirgi yillarda Ummon va Qirg‘izistonda to‘p surgan edi. Iqbol Boboxonov esa Pro-liga ishtirokchisi "Istiqlol" safida to‘p surayotgandi. Keyinchalik "Arambax" klubi unga taklif bilan chiqdi. Otabek Valijonov "So‘g‘diyona", "Navbahor", "Andijon", "Sho‘rtan", "Buxoro" singari klublarda o‘ynagan va o‘zbek futbolida yaxshigina nom qozongan yarim himoyachi hisoblanadi. Furqat Hasanboev ham oxirgi yillarda turli klublarda to‘p surib kelayotgan edi.

Bangladesh futboli haqida

Aftidan, Bangladesh futbolining saviyasini o‘zbek Pro-ligasi bilan solishtirib ham bo‘lmaydi. Biroq u erda futbol o‘sishda davom etmoqda. Klublar moliyaviy tomonlama rivojlanmoqda. Asosan legionerlar hisobiga bo‘lsa ham, chempionat saviyasi oshirilmoqda. Bangladeshda ham uchta rasmiy musobaqa mavjud. Bangladesh Superligasi, Federatsiya kubogi va "Shayk Kamal" kabi turnirlarida jamoalar faoliyat olib boradi. Bu yilgi musobaqalar noodatiy tarzda start oldi. Ya’ni, milliy chempionat bahslari 2019 yilning 18 yanvaridan boshlandi va 20 iyulga qadar davom etadi.
Federatsiya va "Shayk Kamal" kabi yirik turnirlari allaqachon yakunlanib bo‘ldi. Unda Otabek Valijonov va Alisher Azizov ham qator gollarda ishtirok etdi. Xususan Valijonov "Brazer Yunion" klubiga qarshi kechgan o‘yinda xet-trikga erishdi.

Legionerlar

Bu erda ham legionerlarga qo‘yilgan limit 3+1ni tashkil etadi. "Bashundara Kingz" klubi moliyaviy tomondan ancha baquvvat jamoa hisoblanadi. Klubda ispaniyalik mutaxassis ishlamoqda. Shuningdek, 2018 yilda Rossiya maydonlarida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida Kosta-Rika terma jamoasi hujumchisi ham Bangaleshda to‘p surayotganli "Bashundara Kingz"ni qanchalik moliyaviy tomondan kuchli ekanligini bildiradi. Shuningdek, "Abaxani" klubi ham kuchli klublar sirasiga kiradi. Har yili OFK kubogida ishtirok etadi. Shuningdek, Alisher Azizov to‘p surayotgan "Sheyk Russel" va "Saif Sporting" klublarini ham kuchli jamoalar qatoriga qo‘shish mumkin.

Stadionlar

Bangladesh jamoalari stadion borasida maqtana olmaydi. Klublarning stadionlari eski , zamonaviy holatda deb bo‘lmaydi. Asosan klublarda "Milliy" stadionida to‘p suradi. Xalqaro musobaqalar ham aynan ushbu stadionda o‘tkaziladi. Qolgan klublarning maydonlarida kamchiliklar etarlicha topiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!