
Baqoevsiz qolgan "So‘g‘diyona"ning "Lokomotiv"ga qarshi statistikasi yomon
“Lokomotiv”ga qarshi o‘yin oldidan “So‘g‘diyona”da bosh murabbiy o‘zgardi. Ulug‘bek Baqoev iste’foga chiqarildi. O‘rniga Yorqin Nazarov vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasida ishga kirishdi va uning debyuti 25-turda “Loko” bilan uchrashuvga to‘g‘ri keladi.
Jizzaxdagi bahs oldidan statistika shuni ko‘rsatyaptiki, ustunlik Superligada qolish uchun kurashayotgan “Lokomotiv” tarafida.
Mazkur to‘qnashuv jamoalarning o‘zaro 30-o‘yiniga aylanadi. “So‘g‘diyona” faqat 6 ta o‘yinda g‘olib chiqqan. “Temiryo‘lchilar”ning 18 ta bellashuvda qo‘li baland kelgan. Yana 5 ta uchrashuv durang bilan yakun topgan.
“So‘g‘diyona” raqib darvozasiga 17 ta gol urgan va o‘z darvozasidan 59 ta gol o‘tkazgan. Birinchi davrada Toshkentda o‘tgan o‘yinda “So‘g‘diyona” 1:0 hisobida g‘olib chiqqan.
Fikrlar