Barbora Strikova endi Serena Uilyamsga qarshi kortga chiqadi
Chexiyalik tennischi Barbora Strikova Uimbldon musobaqasining 1/4 final bosqichida britaniyalik Yoxanna Kontaga qarshi kortga chiqdi.
London shahrida o‘tgan mazkur uchrashuvda Barbora tajribali raqibini birinchi setda tay-brekda enggan bo‘lsa, ikkinchi setda faqatgina bir geymni boy berib qo‘ydi.
Endi Strikova turnirning navbatdagi bosqichida amerikalik Serena Uilyamsga qarshi final yo‘llanmasi uchun kuch sinashadi.

Fikrlar