Barchasi hal! Murodjon Ahmadaliev Naoya Inouega qarshi jang qiladi

  • 01.05.2025 19:44
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Britaniyalik taniqli promouter Eddi Xirn hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev va yaponiyalik Naoya Inoue o‘rtasidagi jang haqida ma’lum qildi.

"Muzokaralar yakunlandi. O‘zbek kuchiga qarshi Monstr! Bu - diviziondagi eng zo‘r jang" - deb yozib qoldirdi Xirn Instagram sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, mazkur to‘qnashuv shu yilning sentyabr oyida o‘tkazilishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!