Barella premer-liga klublaridan bo‘layotgan takliflarga qaramay, "Inter"da qolmoqchi

  • 30 iyun, 2023, 19:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" yarim himoyachisi Nikolo Barella Simone Indzagi jamoasida qolishga qaror qildi. "Sky Sports" nashri xabariga ko‘ra, premer-liga klublarining qiziqishiga qaramay, Barella "Juzeppe Meatstsa"da qolmoqchi.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, Barella "Inter" afsonasiga aylanish niyatida, shu bois futbolchini faoliyatini davom ettirishning boshqa variantlari qiziqtirmayapti, garchi yangi jamoa unga yaxshiroq moliyaviy shartlar taklif qilsa ham.

Eslatib o‘tamiz, Barellaga avvalroq "Nyukasl", "Liverpul" va "Manchester Siti" kabi klublar qiziqayotgan edi. "Inter" futbolchi uchun 70 million evrodan ortiq talab qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!