
Baribir Mbappeni olmasak bo‘lmaydi
“Liverpul” rahbariyati PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni transfer qilish g‘oyasidan voz kecha olmayapti. Yurgen Klopp jamoasining o‘yini ko‘proq Muhammad Salohga bog‘liq bo‘lib qolgan.
Misrlik hujumchi yozda Saudiya Arabistoniga ketishi kutilyapti. Mbappe Salohning o‘rnini to‘ldirishga qodir o‘yinchi sifatida baholanmoqda.
L'Équipe nashrining ma’lum qilishicha, liverpulliklar 25 yoshli forvardning agentlari bilan aloqani ushlab turibdi.
Shunga qaramay, mutaxassislar Mbappening “Liverpul”ga o‘tish imkoniyatini juda past baholamoqda. Qolaversa, frantsiyalik to‘purar haftasiga 650 ming evro maosh so‘rayotgani liverpulliklarga og‘irlik qilishi aniq.
Hozircha, Kilian Mbappe uchun kurashda “Real” asosiy da’vogar hisoblanadi.
Fikrlar