Baribir shu yulduzni olamiz

  • 06.08.2026 11:48
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiya chempioni “Inter” klubi rahbariyati “Tottenxem” sardori Kristian Romeroni oʻz safiga qoʻshib olish istagidan voz kechmagan, ammo hozircha argentinalik himoyachini sotib olish imkoniyatiga ega emas.

Oʻtgan hafta “Inter” erkin agentga aylangan “Manchester Siti”ning sobiq himoyachisi Jon Stounz bilan shartnoma imzoladi. Biroq Sky Sports maʼlumotiga koʻra, A Seriyasi amaldagi chempioni markaziy himoya chizigʻini yana bir futbolchi bilan kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

 

Shuningdek, “Atletiko” ham qiziqish bildirayotgan Romero “Inter”ning transfer roʻyxatida yuqori oʻrinni egallab turibdi.

“Tottenxem” esa Argentina milliy terma jamoasining 28 yoshli himoyachisi bilan xayrlashishga qarshi emas.

Biroq hozirgi paytda Romeroning transfer summasi va uning maosh boʻyicha talablar “Inter” uchun juda qimmat hisoblanadi.

Shu bois milanliklar Romeroni sotib olishdan avval kimnidir sotishlari kerak boʻladi. Nomzodlardan biri jahon chempioni Benjamen Pavardir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!