“Barsa” 111 yillik natija qayd etdi
“Barselona” 111 yil ichida ilk bor mavsumni barcha rasmiy turnirlarda ketma-ket yetti g'alaba bilan boshladi.
Kataloniyaliklarga so‘nggi marta bunday natijaga 1915/1916 yildagi mavsumda erishish nasib qilgan. O‘shanda ham Jek Grinvell boshchiligidagi jamoa mavsumdagi dastlabki yetti uchrashuvning barchasida g'alaba qozonib, 44 ta gol urgan.
Bu haqida MisterChip X ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy sahifasida xabar berdi.
“Barselona” so‘nggi uchrashuvida Ispaniya chempionatining 6-turida “Rasing”ni 7:2 hisobida yirik hisobda mag‘lub etdi.
Ispaniya chempionatidagi olti uchrashuvdan keyin “Barselona” 18 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. “Rasing” yetti ochko bilan 12-o‘rinda.

Fikrlar