“Barsa” 250 million evroga “kuydi”

  • 19 fevral, 2021, 10:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan inqiroz vaqtida ko‘p jamoalar o‘yinchilarni sotish orqali vaziyatni o‘nglashga harakat qilmoqda. “Barselona” ham moliyaviy jihatdan qiyin ahvolda. Klub rahbariyati bir necha marta maoshlarni qisqartirgan bo‘lsa-da, vaziyat o‘zgarmadi.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha , “Barselona” yosh futbolchilarni o‘z vaqtida boshqa jamoalarga transfer qilmasligi oqibatida 250 million evroni yo‘qotgan. Xususan, “Manchester Yunayted” Ansu Fati uchun taklif qilgan 150 million evroni klubning sobiq rahbari Xosep Bartomeu rad etgan.

Shuningdek, Fransishku Trinkau 30 million evroga jamoaga qo‘shib olinganidan ozgina vaqt o‘tib, unga 60 evro taklif qilgan xaridor chiqdi. Biroq, Bartomeu boshchiligidagi rahbariyat davrida bu transfer ham to‘sib qo‘yildi.

“Bavariya”ning yosh futbolchi Pedri bo‘yicha ko‘p millionli chorloviga ham rad javobi berildi.  Shu tariqa, kataloniyaliklar uchta daromadli transferni qo‘ldan boy berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!