"Barsа" 58 yilda "Real" rekordini takrorladi
«Barselona» safarda «Betis»ni 5:2 hisobida mag‘lub etdi va g‘alabalar seriyasini davom ettirdi. Ispaniya chempionatida o‘tkazilgan to‘qqiz tur natijasiga ko‘ra, kataloniyaliklar mumkin bo‘lgan 27 ochkoning barchasini qo‘lga kiritdi.
Qiziqi shundaki, La Liga tarixida mavsumni to‘qqizta ketma-ket g‘alaba bilan boshlagan yagona jamoa avval «Real» edi. Madrid klubi bu natijani 1968/1969 yildgi mavsumda qayd etgan. Oradan 58 yil o‘tib, «Barselona» ushbu rekordni takrorlashga muvaffaq bo‘ldi.
Hujumkor o‘yin ko‘rsatkichlari bo‘yicha ham «Barselona» tarixiy natija qayd etmoqda. Jamoa to‘qqiz turda 39 ta gol urib, 1940/1941 yildgi mavsumdan beri eng yuqori ko‘rsatkichga yaqinlashdi. O‘sha paytda «Sevilya» to‘qqiz o‘yindan so‘ng 42 ta gol muallifi bo‘lgan edi.
Kelasi turda La Liga doirasida «Barselona» o‘z maydonida «Real»ni qabul qiladi. Navbatdagi «El klassiko» yakshanba, 25 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar