
"Barsa" APL yulduzi bilan kelishuvga erishdi
"Barselona" jamoasi "Vulverxempton" vakili Adama Traoreni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Klub uni ijara asosida qo‘lga kiritishni maqsad qilgan.
Traore ham mazkur transferga qarshi emas va "Tottenxem"dan kelayotgan taklifni rad etishi kutilmoqda. "Blaugranas" Traoreni Usmon Dembelening o‘rnini to‘ldirish maqsadida xarid qilyapti, deya xabar bermoqda insayder Xerar Romero.
26 yoshli vinger joriy mavsum APL doirasidagi 20 o‘yinda bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
"Transfermarkt" portalida ispanning bahosi 28 million evro etib belgilangan.
Fikrlar