“Barsa” arzon, lekin zo‘r himoyachi topdi
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” qishki transfer oynasida markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirish variantlarini qidirishda davom etmoqda va nisbatan arzon transfer summasiga ega variantga umid qilyapti.
Bu haqda Sport.es nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, jamoaga taklif etiladigan nomzodlar orasida Berlinning “Union” klubi himoyachisi Diogu Leyte ham bor. Qayd etilishicha, portugaliyalik futbolchi klub talablariga mos keladi va yanvar oyidayoq jamoaga qo‘shilishi mumkin.
Leyte 26 yoshda va uning “Union” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida tugaydi.
Transfermarkt internet-portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining taxminiy bozor qiymati 12 million evroni tashkil etadi. Leyte Portugaliya milliy terma jamoasiga ikki marta chaqirilgan, ammo hali debyut qilgani yo‘q.
Fikrlar